izo.uz/delete-account
Hisobni oʻchirish
IZO akkauntingizni va unga tegishli maʼlumotlarni butunlay oʻchirishingiz mumkin. Buni qaytarib boʻlmaydi.
Uchta yoʻl
- Ilovada: Profil → Sozlamalar → “Hisobni oʻchirish”.
- Shu sahifada, ilovasiz: akkauntingiz bilan kiring va tasdiqlang.
- Kira olmasangiz: @izouzbot ga roʻyxatdan oʻtgan telefon raqamingizni yozing. Raqam sizniki ekanini tekshirib, 30 kun ichida oʻchiramiz va javob beramiz.
Nima oʻchiriladi
- Profil: ism, familiya, telefon raqam, rasm, sinf, viloyat, tanlangan DTM fanlari, sozlamalar
- Oʻqish tarixi: kartochkalar, testlar, javoblar, natijalar, zaif mavzular tahlili
- XP, ketma-ketlik (seriya) va reytingdagi oʻrningiz
- Ilovadan foydalanish vaqti, bildirishnoma tokenlari, yordam xizmatiga yozgan xabarlaringiz
- Telegram bogʻlanishi (raqam ↔ Telegram chat) va kirish uchun bot bilan ulanishingiz
- Sizning taklif havolalaringiz
Nima saqlanib qoladi
- Toʻlov yozuvlari (buyurtma raqami, reja, summa, sana) — buxgalteriya va soliq hisobi uchun. Ular akkauntingizdan ajratiladi: ismingiz yoki raqamingiz bilan bogʻlanmaydi.
- Click oʻz yozuvlarini oʻz qoidalari boʻyicha saqlaydi — karta maʼlumotlaringiz bizga hech qachon kelmaydi.
- Server zaxira nusxalaridagi maʼlumotlar zaxira muddati tugashi bilan avtomatik oʻchadi.
Faol Pro obunangiz boʻlsa, qolgan muddat ham yoʻqoladi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.